У нас есть только
оригинальные песни

Qo‘shiqchi Rianna rejissor Lyuk Bessonning yangi filmida suratga tushadi

calendar 29.10.2015
1106

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Rianna rejissor Lyuk Bessonning "Valerian va Mingta sayyoralar shahri” filmida suratga tushadi.

"Suratga olinadigan filmda Rianna ishtirok etadi”, — deb ta’kidladi Lyuk Besson Instagram’dagi sahifasida. Filmda bosh rollarni amerikalik aktyor Deyn Daxaan va britaniyalik model Kara Delevin ijro etadi.

The Verge portalining qayd etishicha, Rianna uchun "Valerian va Mingta sayyoralar shahri” filmidagi roli kinematografiyadagi uchinchi va eng yirik ishi bo‘ladi.

Filmni suratga olish ishlari 2016-yilning yanvarida boshlanishi kutilmoqda. Film voqealari uning qahramonlari vaqt bo‘yicha sayohat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan 26-asrda yuz beradi.

Яндекс.Метрика