У нас есть только
оригинальные песни

Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechalarini o‘tkazishni taqiqlashni yoqlab chiqdi

calendar 24.05.2017
1328

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikadagi maktablar binolarida bitiruv kechalarini o‘tkazishni taqiqlashni yoqlab chiqdi, bunga ota-onalarning tantanalarni tashkil qilishga majburiy pul yig‘imlari yuzasidan shikoyatlari sabab bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda u respublika ta’lim va fan vaziri Ismoil Boyxonov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“O‘tgan yillarda menga ota-onalar bitiruv kechasi uchun turli pul yig‘imlari haqida shikoyatlar bilan ko‘p murojaat qilgan edi. Bitiruv kechalari doim bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Faqat bitta o‘zgarish bilan — ular maktab binolaridan tashqarida o‘tkaziladi”, — dedi respublika rahbari.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, endi buni ixtiyoriy asosda ota-onalar qo‘mitasi yoki bitiruvchilar hal qiladi. Uning aniqlik kiritishicha, farzandlari tantanalarda qatnashishni istagan ota-onalar bitiruv kechalarini mahalliy kafe yoki restoranlarda tashkillashtirishi mumkin.

Яндекс.Метрика