У нас есть только
оригинальные песни

“Qora bozor”dan olingan benzin, “yomon yo‘l”da rasvo bo‘lgan g‘ildirak: Shotlandiyaning to‘rt g‘ildirakli “buqa”si O‘zbekistondan o‘tdi

calendar 10.08.2017
1876

O‘zbekistonlik haydovchilarning Facebook’dagi eng ommabop guruhlari — “Voditeli Tashkenta” va “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhlarida shoxli va mo‘ynali Ford’ning suratlari tarqaldi. Avtomobil chet ellik mehmonniki ekani yaqqol seziladi.

Foydalanuvchilar mazkur mashinaga turlicha munosabat bildirgan. “Buqa-ku!”, — deb ta’rif bergan foydalanuvchilardan biri. “Bu mashinani yuvish uchun alohida shampun kerak bo‘lsa kerak”, — deb tasavvur qilgan boshqa bir foydalanuvchi.

Xuddi shu kuni chiqarilgan ikkinchi tvitda shotlandiyaliklar O‘zbekistonda yonilg‘i muammosiga duch kelganini anglash mumkin: “O‘zbekistonda benzin topish mushkul. Mashina o‘z chanqog‘ini zudlik bilan ‘qora bozor’ orqali qondirishi kerak bo‘ldi”. 9—10-avgust kunlari “buqa mashina” Toshkent ko‘chalarida suratga olingan va hozir, katta ehtimol bilan, Qozog‘istonga chiqib ketgan.

Umuman, bu yilgi Mongol Rally’da 311 jamoa qatnashayotgan bo‘lib, poygada ishtirok etayotgan ko‘plab mashinalar hali O‘zbekistondan o‘tishi mumkin.

Яндекс.Метрика