Qoraqalpog'istonda elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga qariyb 50 mln so'm zarar keltirgan

Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo'ng'irot tumani "Berdaq" MFY (hudud va ismlar o'zgartirilgan) "Maman" ovuli hududida yashovchi fuqaro R.Nazarov o'zi yashaydigan uyi atrofidagi bo'sh imoratga bug'doy va sholini qayta ishlashga mo'ljaallangan uskunani ishlatishda Qo'ng'irot elektr taminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan TP-79 sonli transformatordan chiqqan simni yog'ochga ulab, o'zboshimchalik bilan foydalanib, hajmi 9 kilovatlik qalbaki elektr apparati orqali 236,520 kilovatga teng energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Buning natijasida u davlatga 49 million 314 ming 420 so'm miqdorida zarar keltirgan.

Bu holat bo'yicha R.Nazarovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Комментарии (0) | Добавить: 29.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]