У нас есть только
оригинальные песни

Qotil enaga Boboqulova majburiy davolanishga jo'natildi

calendar 24.01.2017
1707

O'zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova majburiy davolanishga jo'natildi. U Moskva shahrida to'rt yoshli qizchani o'ldirgan.

Shu tariqa, sudning 2016 yil 24 noyabridagi qarori qonuniy kuchga kirdi, deb xabar berdi "Interfaks" Moskva prokuraturasi rasmiy vakili Yelena Rossoxinaga asosan. Enaga Rossiya hududida joylashgan maxsus tipdagi ruhiy stantsionar muassasalaridan biriga jo'natilgan. Sud qarori prokuror  iltimosnomasidan so'ng qabul qilindi. U ayblanuvchining psixologik- ruhiy ekspertizasi natijalariga tayangan.

Boboqulova to'rt yoshli qizchaning qotilligida, kvartirani yoqib yuborish va portlash haqida yolg'on xabar berishda aybdor deb topildi.

Shafqatsiz qotillik joriy yilning fevral oyida sodir bo'lgandi. O'zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova qizchaning ota-onasi to'ng'ich farzandini olib, uydan ketishini poylab, 4 yoshli qizni o'ldirib, kvartirani yoqib yuborgan va ko'chaga chiqib ketgan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, ayol 20 daqiqacha vaqt ko'chada qizchaning tanasidan judo qilingan kallasini ushlab, o'zi bilan o'zi suhbatlashgan va yo'lovchilar hamda politsiya xodimlariga tahdid qilgan. Qotilni metroga tushish joyida qo'lga olishga muvaffaq bo'lishgan.  
     
Ma`lum bo'lishicha, Boboqulovaga 1999 yilda “shizofreniya” tashxisi qo'yilgan, 2002 yilda esa u o'zini tajovuzkor tutib, turli ovozlarni eshita boshlagan. Ayol Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasida ham davolangan.

Яндекс.Метрика