У нас есть только
оригинальные песни

Qozog'iston aholisi soni 17.65 mln kishidan oshdi

calendar 09.01.2016
1182

2015 yil boshidan buyon Qozog'iston aholisi 1.3 foizga yoki 246.5 ming kishiga ortib, 1 dekabr kuni 17 mln 651.4 ming kishiga etdi. Bu haqda respublika milliy iqtisodiyot vazirligi qoshidagi statistika qo'mitasi xabar berdi.

Chop etilgan statistik ma'lumotlarda ko'rsatilishicha, shahar aholisi soni hisobot davrida 1.9 foizga o'sib, 10.053 mln kishini tashkil qilgan bo'lsa, qishloq aholisi 0.7 foizga ortgan va 7.599 mln kishiga etgan.

Яндекс.Метрика