У нас есть только
оригинальные песни

Qozog'iston bosh vaziri avtomagistralda velosiped haydagani uchun jarimaga tortildi

calendar 31.07.2016
1513

Qozog'iston bosh vaziri Karim Masimov ruhsat etilmagan joyda velosiped haydagani uchun 10 605 tenge miqdoridagi jarimaga tortilgan. Bu haqda uning o'zi instagramdagi sahifasida ma`lum qildi.

"Astana-BorovoYe oralig'idagi avtomagistralda, harakatlanish taqiqlangan hududda velosiped haydaganlik uchun jarima to'landi", deyilgan bosh vazirning shahsiy saytida.

Masimov "qonunlar va qoidlalar barcha uchun barobar ekanini, velosipeddagi vazir uchun ham amal qilishi"ni ta`kidlagan.

Instagramdagi sahifada velosipeddagi vazir hamda jarima to'langanligi haqidagi kvitantsiya suratlari joylashtirilgan.

Яндекс.Метрика