loading...

 

Qozog'iston Milliy banki 1 dekabrdan 20 ming tangalik qog'oz pulni muomalaga kiritadi

Qozog'iston Milliy banki 2015 yil 1 dekabrdan 20 ming tangalik qog'oz pulni muomalaga kiritmoqda, deb xabar bermoqda bank matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda nur.kz nashri.

“Qozog'istonning birinchi prezidenti davlat bayrami munosabati bilan Qozog'iston Milliy banki 2015 yil 1 dekabrdan 20 ming tangalik qog'oz pulni muomalaga kiritmoqda”, deyilmoqda xabarda.

Milliy bankda bu qog'oz pul 2013 yildayoq tayyorlangani eslatib o'tildi.

“Bu qog'oz pul muomalaga kiritilgandan keyin boshqa pul birliklari bilan bir qatorda qonuniy to'lov vositasi hisoblanadi hamda barcha to'lovlar va pul o'tkazmalarida qabul qilinishi shart”, deb aytilmoqda xabarda.

Banknota dizayni muomalada bo'lgan boshqa banknotalar bilan bir uslubda bajarilgan: pulning old tomoni aksariyat vertikal chiziqlardan, orqa tomoni gorizontal chiziqlardan iborat. Banknota o'lchami 155x79 mm. U kulrang-ko'k ranglarda ishlangan.

Old tomonida “Qazaq Еli” yodgorligi, qanotli ot va Mәңgіlіk Еl tantanavor arkasi asosiy tasvirlar hisoblanadi. “Qazaq Еli” tarixiy-yodgorlik majmuasi Qozog'iston mustaqilligining ramzi bo'lib, Ostonaning 10 yillik yubileyi arafasida ochilgan. Yodgorlik toshi balandligi 91 metr bo'lib, Qozog'iston mustaqillikka erishgan 1991 yilni bildiradi.

Banknotaning chap yuqori qismida qanotli ot tasvirlangan. Qanotli ot ko'p xalqlarda, jumladan turkiyzabon va ko'chmanchi xalqlarda sof nur va hayot, ilhom va hosildorlik, maqsadga intiluvchanlik va hokimiyat ramzi sifatida qabul qilingan.

Banknotaning orqa tomonida asosiy tasvir sifatida Qozog'iston xaritasi va Ostonaning Oqo'rda, Parlament va Hukumat binolari manzaralari namoyon bo'lgan.

Yangi banknota qozoq tangasi pul birliklari ichida eng himoyalangani va dunyo bo'yicha eng himoyalanganlardan biri hisoblanadi.

Banknotani himoya qilish uchun qalbakilashtirishdan himoyalash sohasidagi eng oxirgi innovatsiyalardan foydalanilgan. Banknotaning old tarafidagi himoyalovchi elementlar sifatida uni yorug'likka tutganda ikki tomondan ko'rinuvchi Samruq afsonaviy qushi ko'rinishidagi suv belgisi va qushning shaffof oyna ko'rinishidagi konturi hizmat qiladi. Banknota dizaynining tovlanuvchi elementlari qanotli ot, qozoq naqshi va tovlanuvchi himoya ipi ko'rinishida bajarilgan.

Ko'zi yaxshi ko'rmaydiganlar uchun banknotaning o'ng tomoniga ushlaganda seziluvchi 7 ta baland relefli uchburchak tushirilgan.


Комментарии (0) | Добавить: 01.12.2015

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Chor Minor - Chor minor chor atrofi suv minor
Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do'sti ko'p?
Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi
Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Qalovini topsang qor ham yonar: Toshkentdagi do'konlar 1 martgacha 6 mingta terminal bilan jihozlanadigan bo'ldi
Sog'liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi
Google haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
10 ming so'mlik banknotda Islom Karimov surati bo'ladi
“Odnoklassniki” messenjyeri milliondan ortiq mobil qurilmaga o'rnatildi
Rayhon 2017-yilgi konsert dasturiga FotoNigoh!
Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi
Lindsi Lohan ro'mol sabab Hitrou aeroportida qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazildi
Bryusselda AQShga yana bir shtatni qo'shib qo'yishdi
AQSh siyosatiga nima bo'ldi?
“Maydon” qonli kechasiga 3 yil to'ldi
Rossiyada yanvar oyida nechta Ravon avtomobillari sotilganini bilasizmi?
Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan buyon u bilan gaplashmasligini ma’lum qildi
O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga oshdi
Yigitlar orasida yangi urf – ichkuyovlik!
Rossiya neft qazib olish hajmi bo'yicha Saudiya Arabistonidan ham o'tib ketdi
Ronalduning turk serialidagi ishtiroki haqidagi ma`lumot yolg'on bo'lib chiqdi
Gitlerning telefoni 100 ming AQSh dollariga baholanmoqda