У нас есть только
оригинальные песни

Qozog'iston prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo'yib, Tat'yana Karimovaga hamdardlik bildirdi

calendar 12.09.2016
2561

Qozog'iston prezidenti Nursulton NazarboYev bugun O'zbekistonga ishchi tashrifi davomida Samarqandda Islom Karimov hotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Nursulton NazarboYev Samarqanddagi Hazrati Hizr masjidi hududidagi Islom Karimov qabriga gullar qo'ydi va Islom Karimovning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi.

Qozog'iston rahbari yig'ilganlarga yuzlanib, Islom Karimov bilan uzoq yillar davomida do'st bo'lib kelgani, u bilan hamisha bir-birini yahshi tushungani haqida so'zlagan.

"Ishonaman, o'zbekistonliklarning keyingi avlodi hamisha Islom Karimovni yodda saqlaydi. Uning merosi, davlat arbobi sifatidagi faoliyatidan qozonilgan tajribalar kelgusi avlod tomonidan o'rganiladi. U amalga oshirgan ishlar esa o'zbek halqi tarihiga oltin harflar bilan bitiladi. U butun dunyoga halq farovonligi uchun mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirgan islohotchi sifatida ma`lum siyosiy Yetakchi edi. Biz buyuk insonni yo'qotdik", degan Nursulton NazarboYev.

Shuningdek, qo'shni davlat rahbari ishchi tashrif davomida O'zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat MirziyoYev bilan alohida uchrashuv o'tkazishni rejalashtirgan.
 

Яндекс.Метрика