Tojikistonning seldan aziyat chekkan tumanlari aholisiga Qozog'istondan gumanitar yordam yuboriladi. Bu haqda Vlast.kz resursi xabar bermoqda.
Xalqaro gumanitar yordam masalalari bo'yicha komissiya yig'ilishida bosh vazir birinchi o'rinbosari Baqitjon Sagintaevning ma'lum qilishicha, Tojikistonga yuboriladigan gumanitar yukdan go'sht va sut konservalari, yog', shakar, guruch, shifer, metalloprokat va boshqa narsalar o'rin oladi.
Tojikistonning tog'li hududlarida ob-havo sharoitlarining keskin o'zgarishi tufayli muzliklarning erishi kuzatildi, bu ayrim hududlarda sellarni keltirib chiqardi. Bunday vaziyat Panj, Zarafshon, Kofarnihon, Isfara, Isfana daryolari havzasida yuzaga keldi.