У нас есть только
оригинальные песни

Qozog'iston va BAA o'rtasida vizasiz rejim to'g'risidagi bitim kuchga kirdi

calendar 10.03.2018
877

Bugundan Qozog'iston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasida o'zaro vizasiz safarlar haqidagi bitim kuchga kirdi.

Qozog'istonliklar BAAda 30 kungacha qolishlari mumkin, ammo bu muddat buzilgan taqdirda ular jarimaga tortiladi.

Kirish vaqtida amal qilish muddati 6 oydan kam bo'lmagan pasportni ko'rsatish talab etiladi. Ayollarga erkaklarsiz Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishga ruxsat beriladi, bunda ularning qonun bo'yicha javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lgan yoshga yetgani muhimdir, biroq voyaga yetmagan bolalarga ularning ota-onalari hamroh bo'lishi lozim. Agar bola ularsiz sayohat qiladigan bo'lsa, chiqishga rozilik haqida tegishli ishonchnoma kerak.

Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligidan ta`kidlashlaricha, Amirliklarda ishga joylashmoqchi bo'lganlar uchun vizasiz rejim amal qilmaydi. Biroq, muzokaralar va ish uchrashuvlari o'tkazishga ruxsat beriladi.

Яндекс.Метрика