Qozog'istonda elektron imzoga ega SIM-kartalar olish imkoniyati tug'ildi.
Aytilishicha,
elektron imzoni bundan keyin SIM-kartalarga yozish imkoniyati
tug'iladi. Ularni hozircha Ostona va Olma-Ota shaharlaridagi "Altyol” AJ
savdo bo'limlaridan xarid qilish mumkin.
Yil oxiriga qadar xizmat barcha viloyatlarni va operatorlarni qamrab oladi.
Kapital.kz
nashrining xabar qilishicha, elektron imzo vositasida telefonlar orqali
davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin bo'ladi. Buning uchun hatto
internet va ilovalar talab qilinmaydi.