Qozog'istonda O'zbekiston yili ochildi

«Ostona-opera» teatrida Qozog'istonda O'zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Tadbirda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozog'istonda O'zbekiston yilining ochilishi munosabati bilan davlatimiz rahbari va butun xalqimizni tabrikladi. 

Nursulton Nazarboyev O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasidagi do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo'shgan ulkan hissasi uchun Shavkat Mirziyoyevni Qozog'istonning birinchi darajali «Do'stiq» ordeni bilan mukofotladi.

Davlat rahbari yaxshilik va ahillikning timsoli bo'lgan xalqlarimiz do'stligini, ajdodlarimiz merosini asrash va rivojlantirish zarurligini ta`kidladi.

Shu nuqtai nazardan, keyingi paytlarda tomonlarning siyosiy irodasi va mushtarak intilishlari tufayli qardoshlik, yaxshi qo'shnilik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash yo'lida ulkan natijalarga erishildi. 

«Tarixan birligimiz, ma`nan yaqinligimiz bugungi zamonning murakkab masalalarini hamkorlikda hal qilish, yangi avlodlar kelajagini birgalikda bapro etishimizga yordam beradi. Biz mintaqamizda hamisha tinchlik va farovonlik hukm surishi uchun umumiy uyimizni, farzandlarimizni kelishmovchilik va boshboshdoqlikdan asrashimiz kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozog'istonda O'zbekiston yili dasturi doirasida ko'plab madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Olmaota shahrida O'zbek adabiyoti kunlari o'tkaziladi. O'zbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari Chimkent shahriga safar qiladi. Ostona shahrida O'zbek ayollar milliy liboslari va xalq amaliy san`ati ko'rgazmasi hamda kitoblar ko'rgazmasi tashkil etiladi. 

Mamlakatimiz folklor jamoalarining Turkiston shahriga, Respublika yosh tomoshabinlar teatri jamoasining Olmaota shahriga ijodiy safari ko'zda tutilgan. Taraz, Chimkent, Qizilo'rda, Turkiston shaharlarida o'zbek kinosi kunlari, badiiy jamoalar va estrada ijodkorlari ishtirokidagi «Osh festivali» rejalashtirilgan.

Ostona shahrida «O'zbekiston yili»ning yopilish marosimiga bag'ishlangan tantanali konsert dasturida ikki xalq san`at ustalari va ijrochi yoshlar qatnashadi. 

«Qozog'istonda O'zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, raqslar xalqlarimiz birligi, madaniy yaqinligi yana bir bor yaqqol namoyon bo'ldi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.


Комментарии (0) | Добавить: 15.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”
Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda
AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi
«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»
Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi
Манзура билан очиқ видеоинтервью: унга Тамиладан ҳам баттар муносабатда бўлишяптими?
Президент фармони: Янги давлат мукофоти таъсис этилди
Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi
Toshkentda 1-maydan sovuq suv narxi oshadi
1 iyuldan boshlab O'zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi
Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod quradi
Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
AQSHda 522 kiloli pirog tayorladi
«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda
Telegram o'rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko'cha boshladi
Rossiya Telegram'ning kulini ko'kka sovurmoqchi: App Store va Google Play’ga talab yuboriladi
«PSJ» yetti karra Fransiya chempioni bo‘ldi
Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasining respublika bosqichi 25—26-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Opera VPN servisi aprel oxirida yopiladi
Toshkentda mast erkakning puli, telefoni va poyabzalini olib ketgan o‘g‘ri ushlandi
Tramp Suriyadagi Rossiya obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan
Pop tumanida namunaviy jamoatchilik nazorat maskani ishga tushdi
«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni
Qur’on musobaqasining final bosqichi o‘tadigan joy va sanalar aniq bo‘ldi