Qozog'istonda qurol do'koni va harbiy qismga hujum qilindi

Qozog'istonning Aktobe shahrining 3ta tumanida otishmalar yuz berdi. Qozog'iston IIV ma'lumotiga ko'ra, otishmalar davomida 3 kishi halok bo'lib, 10dan ortiq kishi jarohatlangan.

Ma'lum qilinishicha, noma'lum shaxslar qurol sotiladigan do'konga hamda harbiy qismga hujum qilishgan.

"Do'konga hujum qilganlar sotuvchini o'ldirishgan, yana bir kishi jarohatlangan", deya IIV matbuot xizmati vakili Almas Sadubaevning so'zlarini keltiradi "Interfaks" agentligi.

Shuningdek, harbiy qismga uyushtirilgan hujum natijasida bir zobit va bir harbiy xizmatchi halok bo'lgan hamda 9 harbiy xizmatchi jarohatlangan.

Shahardagi savdo markazlari hamda yirik do'konlar yopib qo'yilgan, odamlar evakuatsiya qilingan. Shuningdek, jamoat transporti harakati va ko'ngilochar majmualar faoliyati to'xtatilgan.

Qozog'iston IIV ma'lumotiga ko'ra, hujum qilganlarning 3 nafari o'ldirilgan, 1 kishi qo'lga olingan.

"Bir necha jinoyatchi binolardan biri ichida qamalda qolgan, yana bir qanchasi qochib ketdi. Ularni qo'lga olish bo'yicha harakatlar olib borilmoqda", deyilgan xabarda.

Sadubaevning taxmin qilishicha, hujum qiluvchilar "noan'anaviy diniy mahzab vakillari" hisoblanishadi.

Shaharda ayni vaqtda aksilterror amaliyotlar rejimi joriy etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisaga doir fotosuratlar va videolar tarqalgan.


Комментарии (0) | Добавить: 05.06.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi 30 yoshga qadam qo‘ydi
Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli
Smartfonlar sinovi: Mikroto'lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?
«O'zbekkonsert» xonandalarning Youtube’dagi bachkana kliplarini oldirmoqda
Qozog‘iston mobil internet tezligi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi
Jek Ma: 30 yildan so‘ng odamlar kuniga 4 soatdan ishlaydi
Ronaldu qaysi jamoaga o'tmoqchi ekanini ma`lum qildi
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomov televideniyeda efirga chiqadi
Nima uchun ishdagi jismoniy harakatlar sport mashg‘ulotlarining o‘rnini bosa olmaydi?
Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?
Poliz zararkunandalaridan qanday saqlanish kerak? 3 ta sinalgan usul
Vazelinning siz bilmagan xususiyatlari
Iqlimshunoslar: insoniyat halokatli darajadagi issiq ob-havo bilan to'qnashadi
20 iyun O'zbekistonda havo harorati yuqori bo'ladi
Sardor Rahimxondan super xit premyera - "Onam"
Leonardo Di Kaprio "Oskar"dan voz kechdi
Kvartirani ta’mirlatishda aldanib qolmaslik uchun besh maslahat
«Real» Ronalduning narxini ma`lum qildi
Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi
Ruslan Sharipov san’atga qaytayotganini ma’lum qildi
Aktyor Yigitali Mamajonovning fotihasi bo‘lib o‘tdi
DTM jadvali e’lon qilindi: kvotalar va abituriyentlar soni
GM Uzbekistan ikki yangi modeldagi avtomobilni ishlab chiqarishni o'zlashtiradi
Ronaldu «Real»dan ketmoqchi, Peres bundan xabardor
Mukammal selfi olib, ko‘p “layk” to‘plash borasida 8 maslahat
Kredit bo‘yicha qarzlardan qutulishning 3 uslubi
Yevroittifoq hududida rouming uchun to‘lov bekor qilindi
Qatar banklarida dollarlar tugadi
Shavkat Mirziyoyev tajriba sifatida 11 yillik ta’limni qayta tiklash zarurligini ta’kidladi
"ZAGS" dalolatnomasisiz nikoh o'qigan har qanday mulla jinoiy jazoga tortiladi