У нас есть только
оригинальные песни

Qozog'istonda robot-jarroh birinchi operatsiyani o'tkazdi

calendar 28.03.2018
1118

Qozog'istonning Ust-Kamenogorskida robot-jarroh mahalliy fuqarodan o't pufagini olib tashlash bo'yicha birinchi operatsiyani o'tkazdi.

Italiyalik jarroh Stefano Jidaroni robotni masofadan boshqarib turgan. Uning so'zlariga ko'ra, manipulyatorlarni yordamchilar va jarrohlik amaliyoti hamshirasi qo'ygan, ular tegishli asboblarni ham almashtirib turgan.

Robotda harakatlarning yuqori aniqligi bor, u bosimni kuchaytirishga imkon bermaydi, bu operatsiya vaqtida og'ir asoratlar ehtimolini kamaytiradi. Shu bilan birga, shifokorlar va hamshiralar jamoasi yetarli malakaga ega bo'lgan, deb xabar qildi mutaxassis.

Ust-Kamenogorskdagi 1-sonli shahar shifoxonasi bazasida robotlashtirilgan operatsiya xonasi 2017 yil oxirida paydo bo'ldi. Uni xarid qilish uchun viloyat byudjyetidan 3,73 mln dollar ajratildi.

Яндекс.Метрика