У нас есть только
оригинальные песни

Qozog'istonda shakarning narxi bir yilda 45 foizga qimmatlashdi

calendar 03.05.2016
1403

Qozog'istonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi bir yilda (2015 yil apreldan 2016 yil aprelgacha) 13 foizga qimmatlashdi. Bu haqda respublika moliya vazirligi statistika qo'mitasi ma'lumotlariga asoslanib, RIA Novosti xabar berdi. 

Narx o'sishi sur'ati bo'yicha shakar mahsuloti etakchilik qilmoqda – 45,1 foiz. Shuningdek, kofe, quruq choy va kakao (27,3 foiz), yog'-moy mahsulotlari (26,3 foiz), don mahsulotlari (24,4 foiz), non (22,4 foiz), baliq va dengiz mahsulotlari (21,2 foiz), qandolatchilik mahsulotlari (19,5 foiz) qimmatlashgan. Narxi eng kam (5 foiz) go'sht va go'sht mahsulotlarining narhi oshgan.

Яндекс.Метрика