У нас есть только
оригинальные песни

Qozog'istondagi fojiaga nima sabab bo'lgani aytildi

calendar 18.01.2018
2317

Qozog'istonda avtobusning yonib ketishiga elektr simlarning qisqa tutashuvi sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Ushbu fojia oqibatida 52 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Nur.kz favqulodda holatlar bo'yicha departamentning Aqto'be viloyati boshqarmasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, yong'in yuz berganidan so'ng vahima boshlangan. Shuningdek, xabar qilinishicha, avtobusda yo'lovchilar soni belgilanganidan ortiqni tashkil etgan.

Avvalroq Qozog'istonning Aqto'be viloyati hududida yonib ketgan avtobus yo'lovchilarining barchasi O'zbekiston fuqarolari bo'lgani xabar qilingandi. Avtobus O'zbekistondan Rossiyaga ketayotgan bo'lgan.

Яндекс.Метрика