Qozog'istondagi norozilik namoyishlarini kim tashkillashtirgani aytildi

Ayni damda xorijda yashayotgan qozog'istonlik sobiq bankir va rasmiy Ostonaning tanqidchisi Muxtor Ablyazov Qozog'istonning bir necha shaharlarida 10 may kuni o'tkazilgan norozilik namoyishlarining tashkilotchisi o'zi ekanini ma`lum qildi.

M.Ablyazov bo'lib o'tgan norozilik namoyishlariga aloqasi bor yoki yo'qligi haqidagi savolga javob qaytarib, messenjer orqali shunday yozgan: «Siz g'alati savollar beryapsiz. Men mamlakatdagi barcha mitinglarning tashkilotchisiman».

10 may kuni Ostona, Olmaota, Uralsk, Aqtobe, Atirau va Chimkent kabi shaharlarda hukumat bilan muvofiqlashtirilmagan norozilik aksiyalari bo'lib o'tdi, ularning ishtirokchilari «siyosiy mahbuslarni ozod qilish» va «qiynoqlarni to'xtatish»ni talab qilishgan hamda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan tashvishda ekanliklarini bildirishgan. Namoyishlar paytida o'nlab odamlar qo'lga olindi.

Kuzatuvchilar va ishtirokchilarning baholashicha, Olmaota va Ostonada politsiyachilarining soni aksiyalardagi qatnashchilar soni bilan teng bo'lgan. Olmaota shahrida taxminan 80 kishi qo'lga olingan. Ostona shahrida to'plangan qariyb yuz kishining ko'pchiligi politsiya tomonidan ushlangan va avtobusda militsiya bo'limiga olib ketilgan. Hududlarda esa aksiyalar nisbatan kichik ko'rinish oldi va u yerda ham ommaviy qo'lga olishlar bilan yakunlandi.

M.Ablyazov Qozog'istonda «BTA Bank»dan ko'p milliardlik o'g'irliklar, uyushgan jinoiy guruhni tashkil etish va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda. M.Ablyazovning o'zi bu ayblovlarni rad etmoqda hamda ular siyosiy sabablarga ega ekanini bildirmoqda. 2016 yil oxirida Fransiya rasmiylari Rossiya va Ukrainaga M.Ablyazovni ekstraditsiya qilish bo'yicha rad javobi berdi.


Комментарии (0) | Добавить: 11.05.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi