У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir

calendar 19.10.2017
1278

Qozog‘istondan O‘zbekistonga kartoshkaning eksport qilinishi avgust oyidan oktabrning birinchi dekadasiga qadar davom etdi, shu bois Qozog‘iston bozorlarida kartoshka narxi bilan bog‘liq sarosimalik yuzaga keldi. Bu haqda Qozog‘iston kartoshkachilari va sabzavotshunoslari ittifoqi raisi Qayrat Bisetayev Tengrinews nashriga ma’lum qildi.

Joriy yilda Qozog‘istonda kartoshka narxi jiddiy tarzda o‘sib ketdi. Iyun oyida uning narxi 1,5 barobarga oshgani kuzatildi. Iyul oyining o‘rtalarida qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Qayrat Aytug‘anov dehqonlar kartoshkani 49 tengega sotishi, ammo bozorlarga uning narxi 162 tenge bo‘lib yetib kelayotganini qayd qilgan edi.

“2016-yil davomida O‘zbekistonga 52 ming tonna kartoshka eksport qilingan bo‘lsa, 2017-yilning to‘rt oyida 76 ming tonna eksport qilindi”, — degan edi Aytug‘anov iyul oyida.

Kuz oylarida qozog‘istonliklar kartoshka narxi, hosil yaxshi bo‘lganiga qaramay, hali ham tushmaganidan nolimoqda.

Materialga ko‘ra, bu qo‘shni O‘zbekistondagi vaziyatga bog‘liq — bu yerda ham narxlar balandligicha qolmoqda, kartoshka eksportiga talab esa yaqingacha yuqori edi.

“Odatda kartoshka hosili to‘planadigan sentabr oyida bozorda narx keskin tushadi. Kartoshka ko‘p, omborlarda ortiqchasi bilan saqlanadi. Bundan tashqari, mayda dehqonlar ombori bo‘lmagani uchun mahsulotni sotadi. Ya’ni bozorda ortiqcha mahsulot to‘planib qoladi. Joriy yilda O‘zbekistondan mijozlar kelib, barcha ortiqcha mahsulotni sotib oldi. Ularda ertapishar kartoshka muammosi bor. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, 20-avgustga yaqin sanalardan boshlab oktabrning birinchi dekadasigacha bo‘lgan muddat ichida 40 ming tonnaga yaqin kartoshka O‘zbekistonga ketgan”, — dedi Bisetayev.

Hozir, uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston tomonidan talab yo‘q. O‘zbekistonda qishki hosil payti keldi.

Shu bilan birga, Bisetayev Qozog‘istonda kartoshka taqchilligi yuzaga kelmasligiga ishontirdi. U hozirgi narxlar adolatli ekanligini tushuntirdi:

“Narx tannarx va xarajatlarga mos keladi. Omborlardan olib chiqish narxi ikki barobar o‘sdi. Hozir biz 75–80 tengedan sotmoqdamiz. Biz uchun bu adolatli narx, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari — non, yormalar, makaron narxini inobatga olganda. Chakanaga borgancha narx oshib ketishi boshqa masala, lekin bu masalada mahalliy organlarga, xarid tizimiga murojaat etish kerak. Sanoat miqyosida kartoshka o‘stirish bilan shug‘ullanadiganlarda hosil bilan bog‘liq muammo yo‘q”.

Bundan tashqari, kartoshkachilar rahbari adolatli narxlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi:

“Biz bunday narxni aniqlab, eksportni cheklashda undan mo‘ljal olishimiz kerak. Bizningcha, 150 tengegacha bo‘lgan narx adolatlidir. Lekin bu narx baland deb hisoblasak, unda ma’muriy choralar ko‘rish lozim. Dehqonlarda kartoshka maydonlarining kengaytirilishi yordam beradi. Eksportni cheklagandan ko‘ra ko‘proq yetkazgan ma’qul”.

Bisetayev, shuningdek, Qozog‘iston kartoshkachilari ittifoqi omborlarida 500 ming tonna kartoshka saqlanayotganini ta’kidlab o‘tdi. Bu hajm may oyiga qadar yetadi.

“Rossiya va O‘zbekiston tomonidan talab keskin ortgan taqdirda narx oshishi mumkin. Agar ularda hosil yaxshi bo‘lmay, fevral–martda bizga kelishsa, bunday bo‘lishi mumkin. Ammo biz sof bozor sharoitida ekanligimizni hisobga olish lozim. Agar xo‘jaliklarimizdagi narx 95–100 tenge bo‘lsa, kartoshkani Xitoydan, Turkiyadan, Pokistondan, Misrdan olib kelish qulay bo‘ladi. Agar narxlar o‘zgarmay qolsa, dekabr–fevral oylarida Eron, Pokiston kartoshkasi kirishini va narxlarimizni tushirib yuborishi mumkinligini bashorat qilaman”, — xulosa qildi Bisetayev.

Яндекс.Метрика