У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘iston mobil internet tezligi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi

calendar 22.06.2017
2213

Britaniyaning Open Signal tahlil kompaniyasi mobil internet tezligi va undan foydalanish imkoniyati bo‘yicha mamlakatlar reytingini e’lon qildi, deb yozadi Tengrinews.

Tadqiqotga ko‘ra, reytingda 4G LTE’dan foydalanish imkoniyati bo‘yicha Qozog‘iston 55-o‘rinni egalladi. LTE tarmog‘idagi internetdan mamlakat hududining 61,2 foiz qismida foydalanish mumkin. Reytingda respublika Italiya, Rossiya, Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlardan o‘zib ketdi. Reytingda Janubiy Koreya, Yaponiya va Norvegiya yetakchilik qildi.

Internet tezligi eng yuqori bo‘lgan mamlakat Singapur bo‘ldi. Ushbu mamlakatda 4G aloqasi orqali yuklab olishning o‘rtacha tezligi soniyasiga 45,62 megabitga teng. Ikkinchi o‘rinda minimal farq bilan Janubiy Koreya, uchinchi o‘rinda esa Vengriya joylashdi. Qozog‘iston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha reytingning 58-pog‘onasini egalladi (soniyasiga 16,64 megabit) hamda Rossiya, Gonkong, AQSh va Malayziya kabi mamlakatlarni ortda qoldirdi.

Umuman olganda, dunyo bo‘yicha 4G-tarmoqlardagi internet tezligi soniyasiga 16,2 megabitni tashkil etadi.

Reytingda O‘zbekiston ishtirok etmadi.

Яндекс.Метрика