У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan eksport aloqalarini rivojlantirmoqda

calendar 06.09.2017
1104

Joriy yilning 7 oylik natijalariga ko‘ra, Qozog‘istonning O‘zbekistonga amalga oshirgan eksport hajmi 662 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Eneryprom.kz”ga asoslanib, “Kazinform” xabar berdi.

Markaziy Osiyodagi faol investitsiya siyosati o‘zbekistonlik investorlarni Qozog‘istonga qaytardi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning umumiy qiymati 4,4 million dollarni tashkil etdi. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatgich 2,3 million dollarga teng edi.

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo munosabatlarida faol eksport pozitsiyasida turibdi: eksport hajmi 39 foizga, import esa 27 foizga oshdi.

Joriy yilning 7 oylik natijalariga ko‘ra, Qozog‘istondan O‘zbekistonga amalga oshirilgan eksportning qiymati 662 million dollarni tashkil etdi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 38,5 foiz ko‘p demakdir.

Eksport qilinadigan asosiy 10 mahsulotning 7 tasini sanoat mahsulotlari, xususan, neft qazib olish va tog‘ metallurgiya kombinati mahsulotlari tashkil qilmoqda. Gaz va neft sohasida gazli uglevodorodlar 90,1 million dollar bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, neft va neft mahsulotlari eksportida ham sezilarli o‘sish kuzatilgan (34,2 million dollar, birdaniga 5,5 barobarga o‘sgan).

Tog‘-metallurgiya sohasidagi asosiy eksport mahsulotlarni — yarim tayyor temir va po‘latlar (79,3 million dollar, 2,4 barobarga o‘sgan), temir prokatlari va sirti qoplanmagan po‘latlar (20,6 million dollar, 2,5 barobarga o‘sgan) hamda sirti qoplangan po‘latlar(15,8 million dollar, 1,5 barobarga o‘sgan) tashkil etdi.

Import hajmi pul qiymatida (+26,5 foiz, 393,3 million dollargacha) o‘sdi, biroq tabiiy hisobda (-25 foiz, 656,7 ming tonnagacha) qisqargan.

O‘zbekistondan Qozog‘istonga esa asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan: sarxil mevalar (71,9 million dollar, yil bo‘yicha -11,5 foiz), pomidor (25,4 million dollar, +29,7 foiz), uzum (17,1 million dollar, -24,6 foiz), quruq mevalar (15,1 million dollar, +54,2 foiz), sabzavotlar (11,9 million dollar, +7,6 foiz).

Яндекс.Метрика