У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘iston telekanali ochiq-sochiq kiyinadigan xonandalarni nazorat qilishda “O‘zbeknavo” faoliyatini namuna qilib ko‘rsatdi

calendar 12.04.2016
1315

Qozog‘iston telekanallaridan biridagi “Yulduzlar yarqiraydi” nomli ko‘rsatuvda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi faoliyati e’tirof etildi.

Ko‘rsatuvda Qozog‘istonning ochiq-sochiq kiyinadigan estrada xonandalari tanqid qilingan, O‘zbekistonda xonandalarning o‘zini tutishi va kiyinishi “O‘zbeknavo” nazorati ostida ekanligi ta’kidlangan.

Shuningdek, litsenziyada nazarda tutilgan talablarni bajarmaganligi uchun ogohlantirilgan yoki litsenziyasidan mahrum etilgan o‘zbekistonlik san’atkorlar ham sanab o‘tilgan.

Qozog‘istonda ijod qilib kelayotgan “Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayevning bildirishicha Qozog‘istonda “O‘zbeknavo”ga muqobil tashkilot yo‘q, mamlakatda xonandalar faoliyati O‘zbekistondagi kabi nazorat qilinmaydi va san’atkor xonandalik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun litsenziya olishi shart emas.

Яндекс.Метрика