Qozog‘istonda 15 yildan buyon o‘zbek drama teatri faoliyat yuritadi

Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyatida 2003-yil asos solingan o‘zbek drama teatri bugun qo‘shni respublikada istiqomat qilayotgan o‘zbeklar ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Teatr jamoasi o‘zbek xalqi madaniyati va milliy urf-odatlarini keng targ‘ib qilmoqda.

 

O‘zA muxbiri mazkur ma’naviyat maskani faoliyati haqida ma’lumot olish uchun Janubiy Qozog‘iston viloyati o‘zbek madaniyat markazi raisi, viloyat o‘zbek drama teatri direktori Ikromjon Hoshimjonov bilan muloqotda bo‘ldi.

 

Teatrni tashkil etish ishlari 2001-yilda boshlangan edi. Dastlab ruxsat olish, truppani mablag‘ bilan ta’minlash, bino ajratish, aktyorlar va rejissyor topish kabi tashkiliy masalalarda muammo va qiyinchiliklarga duch keldik.

Sharof Boshbekovning ‘Temir xotin’ asari asosida sahnalashtirilgan spektakl jamoamizning ilk ijodiy mehnati bo‘ldi. Bu spektaklni keng jamoatchilik vakillari iliq kutib olishdi. Keyinchalik teatrimizga Sayram tumanidagi madaniyat uyini ajratib berishdi. Binoni ta’mirlash uchun budjetdan yetarli mablag‘ ajratildi. Tezda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

2003-yilning 22-oktabr kuni Janubiy Qozog‘iston viloyatida istiqomat qilayotgan yarim milliondan ziyod o‘zbek xalqi uchun ham tarixiy, ham siyosiy bayram bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nursulton Nazarboyev viloyatimizga rasmiy ish safari bilan tashrif buyurib, viloyat o‘zbek drama teatri binosini o‘zi ochib berdi.

Bugun teatrimiz repertuaridan 100 ga yaqin sahna asari o‘rin olgan. Qozog‘iston bo‘ylab gastrollarda bo‘lamiz. Turli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdamiz.

Alohida faxr bilan aytishimiz joizki, o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan ham aloqalar mustahamkamlanib bormoqda. Yangi asarlar sahnalashtirishda, dramaturgiya borasida O‘zbekistondan ko‘plab taniqli rejissorlar va yozuvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Prezidentlarimiz ezgu harakatlari bilan do‘stona aloqalarimiz yanada samimiylashib bormoqda. Ishonamizki, bu kabi iliq munosabatlar barcha sohalar qatori madaniy-ma’rifiy aloqalarimiz rivojlanishida ham o‘z aksini topadi.

Ikromjon Hoshimjonov, Qozog‘istondagi o‘zbek drama teatri direktori


Комментарии (0) | Добавить: 07.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi