У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘istonda Aqto‘bedagi terakt qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni bo‘lib o‘tmoqda

calendar 09.06.2016
995

Qozog‘istonda Aqto‘bedagi terakt qurbonlari xotirasiga e’lon qilingan milliy motam kuni bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mamlakatda davlat bayroqlari tushirilgan, qo‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan. Radio va telekanallarda ko‘ngilochar dasturlar va reklama to‘xtatilgan. 

Respublika IIV rasmiy vakili Almas Sadubayevga ko‘ra, “politsiya va maxsus xizmatlar Aqto‘bedagi hujumlarga aloqadorlikda gumon qilinib qidiruvga berilgan olti nafar shaxsni qidirishda davom etmoqda”. 

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Aqto‘bedagi qurol do‘konlari va Milliy gvardiya harbiy qismiga hujumlar oqibatida yetti kishi, jumladan, uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 38 kishi turli darajada jarohat olgan. Aksilterror operatsiyasini o‘tkazish davomida 13 nafar jinoyatchi o‘ldirilgan, to‘rt nafari yaralangan, olti kishi qidiriruvga berilgan.

Яндекс.Метрика