У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘istonda go‘sht yeyish va qimiz ichish musobaqalari bo‘lib o‘tdi

calendar 13.05.2018
1080

Qozog‘istonda go‘sht yeyish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Tengrinews. Tanlov Ulitaudagi “Ko‘kmaysa — 2018” birinchi etnofestivali doirasida o‘tkazildi.

Musobaqada Qozog‘istonning turli viloyatlaridan besh kishi qatnashdi. Ishtirokchilar bir lagan qo‘y go‘shtini besh daqiqa ichida paqqos tushirishi kerak edi.

Go‘sht yeyish musobaqasida jezkazganlik 25 yoshli Bekzat Jarmagambet g‘olib bo‘ldi, u 30 ming tenge (90 dollar) pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Shundan keyin qimiz ichish musobaqasi boshlandi. Karagandalik Almas Bimagambet bir ko‘tarishda 4,3 litr qimizni ichib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Яндекс.Метрика