У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirgan politsiyachi qo‘lga olindi

calendar 09.08.2015
2739

Qozog‘istonning Atirau viloyatida O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirishda gumon qilinayotgan politsiyachi qo‘lga olindi. Bu haqda Atirau viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga tayanib, "Tengrinews.kz” xabar bermoqda.

Atirauda yashaydigan shaxs politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, uning uyida vaqtincha yashab turgan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 1989-yilda tug‘ilgan qarindoshi yo‘qolgani haqida xabar bergan. Bundan tashqari, u uyiga kelganida, oltin taqinchoqlari va pullari saqlangan seyf yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Uning bedarak yo‘qolgan jiyanini qidirish vaqtida bu ishga politsiya xodimi aloqador ekanligi aniqlandi. Darhol operativ-qidiruv guruhi tuzildi.

O‘zbekiston fuqarosining ko‘mib qo‘yilgan jasadi Atiraudan 30 kilometr uzoqlikda topildi. Huquq-tartibot organlari 1993-yilda tug‘ilgan politsiya xodimini qo‘lga oldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosining yo‘qolishiga Atirauda vaqtincha yashab yurgan yana bir o‘zbekistonlikning aloqasi borligi aniqlandi. Undan o‘g‘irlangan qimmatbaho taqinchoqlar olib qo‘yildi.

Gumonlanuvchilarga "Odam o‘g‘irlash”, "Bosqinchilik” va "Qotillik” moddalari bo‘yicha ayb qo‘yilmoqda.

Яндекс.Метрика