У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklardan so‘ng WhatsApp o‘chirib qo‘yildi

calendar 03.09.2017
834

2-sentabr kechki soatlarda Ostonadagi Abu Dhabi Plaza nomli yangi qurilayotgan kompleks yonida ommaviy tartibsizliklar ro‘y berdi. Tartibsizliklar ishtirokchilari tarqalgach, mamlakatda WhatsApp messenjeri ishlamay qoldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Aytilishicha, messenjer hali ham ishlamayapti. Bu ma’lumotni mahalliy Kazday nashri ham tasdiqladi. Tengrinews nashriga ko‘ra esa, Qozog‘iston hududi bo‘ylab WhatsApp’ning ishlamay qolishiga texnik nosozliklar sabab.

Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vazirligi bu borada hozircha rasmiy izoh bergani yo‘q.

Яндекс.Метрика