У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘istonda Ravon Nexia R3 modelini seriyali ishlab chiqarish boshlandi

calendar 30.05.2017
1213

GM Uzbekistan AJ Qozog‘iston Respublikasining AllurGroup milliy avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan hamkorlikda Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” ishlab chiqarish maydonida Ravon Nexia R3 modelini seriyali ishlab chiqarishga kirishdi, deb yozadi “1news.uz” Qozog‘iston kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib.

Avvalroq GM Uzbekistan va “SariarkaAvtoProm” Qozog‘iston-O‘zbekiston biznes-forumi doirasida loyihani amalga oshirish yakuniy bosqichda turganini ma’lum qilgan edi. General Motors Korea kompaniyasi mutaxassislari “SariarkaAvtoProm”da o‘tkazgan audit xulosasiga ko‘ra, ishlab chiqarish maydoni talab etiladigan sifat standartlarining barchasiga muvofiq keladi.

Ravon Nexia R3 sedani zavodning mavjud korxonalarida chiqariladi. Hamkorlikning keyingi bosqichi ishlab chiqarilayotgan avtomobillar lineykasini kengaytirishdan iborat bo‘lishi mumkin.

Яндекс.Метрика