У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘istonda Xalq birligi kuni nishonlanmoqda

calendar 01.05.2016
921

Bugun, 1-may kuni Qozog‘istonda an’anaviy Xalq birligi kuni nishonlanmoqda. Ushbu bayram 1995-yilda prezident Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan ta’sis etilgan,deb yozadi “TASS”.

Butun mamlakat bo‘ylab bayram tadbirlari, konsert va tomoshalar hamda xalq sayli bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Ostona shahridagi Mustaqillik saroyi oldidagi maydonda, Qozoq Eli monumenti soyasida etnomadaniy markazlar vakillari 50 metrlik an’anaviy dasturxon yozib, tadbir mehmonlarini o‘z milliy taomlari bilan mehmon qilmoqda.

Ko‘ngilochar dasturlar tarkibiga sport musobaqalari qo‘shilgan.

Olmaotadagi “Ostona” maydonida tashkil etilgan etnoovulda bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlariga Nursulton Nazarboyev tashrif buyurdi.

“Birdamligi bois xalqimiz ulkan hududni saqlab qoldi, mustaqillikka erishdi, bozor iqtisodiyotini qura oldi”, — dedi u o‘z chiqishida.

Shuningdek, u davlat bayrami xristianlarning Pasxasi bilan bir kunda nishonlanayotganiga e’tibor qaratdi.

“Bizning mamlakatimizda tinchlik hukm surmoqda. Yagona millatimiz barcha bayramlarni birgalikda nishonlaydi. Xalqimizni aynan mana shunaqa ko‘rmoqchiman va bu borada sa’y-harakatimni ayamayman”, — ta’kidladi davlat rahbari.

Яндекс.Метрика