У нас есть только
оригинальные песни

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlarning tanalari O‘zbekistonga olib kelindi

calendar 04.03.2018
827

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida ro‘y bergan YTHda halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining tanalari mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

 

“Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Qozog‘iston Respublikasi vakillari bilan hamkorlikda olib borgan harakatlar natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lganlar 4-mart kuni soat 11:45 da Xorazm viloyatiga olib kelindi”, — deyiladi xabarnomada.

Hozirda halok bo‘lganlarning shaxsini identifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика