У нас есть только
оригинальные песни

Qrim muftiysi Putinni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

calendar 14.01.2018
958

Qrimdagi musulmonlar muftiysi Emirali Ablayev Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

Muftiy Simferopolda Putinni qo‘llab-quvvatlash jamoasi tomonidan tashkil etilgan imzo yig‘ish uchastkalaridan biriga tashrif buyurib, mazkur hujjatga imzo chekkan. U bilan birgalikda, Rossiya Davlat dumasining qrimlik deputati Ruslan Balbek, injenerlik-pedagogika instituti prezidenti Fevzi Yoqubov hamda Olimpiya chempioni Rustam Kazakov ham Putinning nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib imzo qo‘yishgan.

— Nafaqat Qrim tatarlari uchun, balki butun yarimorol aholisi uchun eng asosiysi tinchlik va xotirjamlik. Bizda urush yo‘q, hamma bir-biriga yordam berib, bir-birini hurmat qilib yaxshi yashamoqda. Vatanimizda tinch yashab, farzandlarimiz va nevaralarimizni tarbiyalash biz uchun katta sharafdir, — dedi Ablayev jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga qaraganda, Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganidan keyin yarimorolda juda katta o‘zgarishlar yuz bergan. «Oldin erisha olmaganlarimizga bugun erishyapmiz. Masjidlar, kasalxonalar, yo‘llar qurilmoqda. Biz bundan juda mamnunmiz», deya ta’kidladi muftiy.

Davlat dumasi deputati Ruslan Balbekning so‘zlariga ko‘ra, butun qrim-tatarlar jamiyati bo‘lg‘usi saylovlarda Putin nomzodini qo‘llab-quvvatlashda yakdil fikrga egadirlar. «Bu biz uchun, butun Qrim xalqi uchun katta sharaf» deya ta’kidladi deputat.

Яндекс.Метрика