У нас есть только
оригинальные песни

Qrimning barcha aholi punktlari elektr energiyasiz qolib ketdi

calendar 22.11.2015
1320

Ukrainaning Xerson viloyatida Qrimga ketuvchi elektr uzatish liniyalari ustunlari portlatib yuborildi, deb xabar bermoqda “112 Ukraina” televideniesi.

Bu haqda Ukraina IIV vakili Ilya Kiva o'zining feysbukdagi sahifasida va Qrimda taqiqlangan ATR qrim-tatar telekanali bosh muharriri Usman Poshaev ma'lum qildi. 
Natijada yarimorolning 1,9 mlnlik aholisi elektr energiyasiz qoldi. Hammasi bo'lib yarimorolda 2,3 mln kishi yashaydi.

Bir yarim yil avval Rossiya tarkibiga qo'shilgan Qrim yarimoroli elektr energiya bilan Ukraina tomonidan ta'minlangan, biroq Xerson viloyatidagi elektr uzatish liniyalari ustunlari 22 noyabrda portlatilgandan keyin tungi soat 00.20 dan keyin elektr berilishi to'liq uzilib qoldi.

Avvalroq AYoQShlar Qrimdagi dizel-generatorlarga yonilg'i berishlari ma'lum qilingandi, biroq boshqa istalgan muqobil energiya manbalari elektr energiyaga bo'lgan ehtiyojlarni to'liq hajmda ta'minlay olmaydi.

Rossiya aloqa va kommunikatsiyalar vazirining aytishicha, ertalabga yaqin uyali aloqa bilan muammolar vujudga kelishi mumkin. Shu bilan birga telekanallar va asosiy radiostantsiyalar o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Kunning yarmidan keyin Qrimdagi yirik shaharlarda elektr ta'minoti tiklandi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda 22 noyabr kuni respublika hukumati bosh vaziri birinchi o'rinbosari Mixail Sheremet bayonot berdi.
Bugun ertalab Qrimning ko'pchilik shaharlari elektr ta'minotidan uzilib qolgani xabar qilingan edi.
“Elektr etkazib berishda muammo tug'ilgan mintaqalarga elektr quvvatining kuchli manbalari yo'naltiriladi”, - ishontirdi u.
Shu bilan birga, Sheremet yarim orolning o'zida etarli miqdorda elektr ishlab chiqarilmayotgani bois suv va elektrni vaqti-vaqti bilan uzish davom etishini tan oldi.
“Biz bundan qocha olmaymiz. Yaqin orada o'chirishlar grafiklari aholiga etkaziladi”, - tushuntirdi u.

Яндекс.Метрика