У нас есть только
оригинальные песни

"MAFTUNINGMAN"!!!

calendar 24.09.2012
3130
"MAFTUNINGMAN"

Bu film o'zbek kino san'atining durdonalaridan biri bo'lib hisoblanadi.bu film ijodkorlari noyob istedod egalaridir,ular o'z obrazlarini maromiga yetqazib ijro etishgan.Yillar davomida tomoshabin qalbida qolgan va bugungi kungacha teleekranlarimzda namoyish etib kelinadi.Filmning qisqacha tafsiloti quyidagicha:

Yangi musiqali filmdagi bosh rolga iste'dodli, havaskor yoshlarni qidirib yurgan rejissyor Toshkentdagi teatr va konsert zallarini aylanib yurardi. U san'at ustalarining chiqishlarini tomosha qilib, ularning ijrolaridan zavqlanib yursa-da, lekin ssenariy bo'yicha baribir yosh talantlarni qidirishga majbur edi. Shu bahona bilan rejissyor Abzalov yordamchisi Turdiyev bilan Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarga boradi. Kutilmagan vaziyatlar, qiziq sarguzashtlarga to'la bu safar juda samarali bo'ldi - bosh rollarga farg'onadan haydovchi Bakir, buxorolik zardo'z Yulduz, xorazmlik mexanik Shariflar topildi. Ijodiy guruh quvonch bilan Toshkentga qaytadi, suratga olish boshlanib ketadi. Dastlab chevar, mohir qo'shiqchi Yulduzni ikkala yigit ham yoqtirib qolib, bir-birlariga biroz raqib bo'lib qoladilar. Lekin Bakir uzoq qarindoshi Zamirani uchratib qolib, unga ko'ngil qo'yadi.
Nihoyat, turli anglashmovchiliklar, kulgili lavhalarga to'la syujetli «Maftuningman» badiiy filmi ekranlarga chiqadi...

"MAFTUNINGMAN" musiqali komediya janrida bo'lib 1958-yil rejissyor Yo'ldosh Agzamov tomonidan suratga olingan.Bu filmda Klara Jalilova -Yulduz,Sanat Devonov-Sharif,Ra'no Hamroqulova-Zamira,Turg'un Azizov-Bakir,Abbos Bakirov- Afzalov,Nabi Raximov-Turdiyev obrazlarini yaratishgan.
Яндекс.Метрика