У нас есть только
оригинальные песни

"Yurt sog'inchi ila yumilgan ko'zlar"

calendar 10.11.2011
3344


Inson dunyoga kelibdiki, doim yaxshi yashashga intiladi. Yaxshi yashashni turli xil buyumlaru, qimmatbaho kiyim va turli xil ovqatlarda deb fikrlaymiz ko'pimiz. Yaxshi yashash uchun ko'p pul topish shartdek go'yo... Inson zoti shunaqa, "Qancha ko'p bo'lsa, shuncha kam" deya jonini ham ayamasdan ishlaydi, pul topishga harakat qiladi. Bu yo'lda ko'pchilk yurtdoshlarimiz xorijni maqul deb bilishadi. To'g'ri, xorijda ko'proq pul topishadi. Ammo musofirchilk azobidanda og'irrog'i bormi bu dunyoda? Axir bobolarimiz aytganku - "Har yerni qilma orzu, Har joyda bor tosh torozu" deb. Demak, buguni hikoyamiz xorijda ishlab, yurt sog'inchi ila yashayotgan yurtdoshlarimiz haqida. O'qing, balki bu savdolar aynan sizning ham boshingizdan o'tgandur...

-Dadajonisi, hamma narsamiz joyida, qiynalib qolganimiz yo'qku. Nima qilasiz shu xorijda?
-Nega tushunmaysan, bu maosh bilan nima ham qilib bo'lardi axir?
-Xudoga shukr qiling boshqalardan ko'ra ancha yashashimiz yaxshi.
-Yo'q, bolalarga "Fundament" yaratish kerak xotin. Sen nimani ham tushunarding.
Shunday deya Maqsud aka samalyot chiptasi ishlarini hal etish uchun aviakassa tomon yo'l oldi. Olloh ishlarini o'nglagani shudirda, bir haftdan so'ng uchar ekan. U hayolan har xil rejalar tuzardi. Qizimizga uni olib beraman, o'g'limizga buni olib beraman... Xullas shu hayollar bilan bir hafta ko'z ochib yumguncha o'tib ketdi. U xorijga ketadigan kun singillari, ammalari, xullas yaqin qarindoshlari yig'ilishdi. Keksalar duo qilishdi. "Oq yo'l" tilashdi. Shunda Nigina kelib dadasining oyog'iga tarmashib oldi.
-Ketmaysiz dadajon! Siz bo'lmasangiz qanday chidayman?
-Asal qizim o'zimni. Oppog'im, men ozroq ishlab qaytaman, senga shokaladlar olib kelaman xop.
-Yo'q, hech narsa kerak emas menga. Ketmaysiz dedim.
-Bormasam, men xafa bo'lamanda oppog'im.
-Kimdan?
-Sendanda, axir ruxsat bermayapsanku jonim qizim.
-Ketib qolasizmi?
-Borgach senga har kuni qo'ng'iroq qilaman.
-Unda bir shartim bor.
-Voy o'zimni erkatoyimey, siz shartlarni bilasizmi? Qani dadasini erkasi, aytingchi.
-U yerda qizlarga qaramang! -u shunday deya uyga yugurib kirib ketdi va oilaviy tushgan suratlaridan brini olib chiqib, dadasiga tutqazdi va mahkam quchdi mehribonini. Maqsud akaning ham ko'ngli yumshab ketdi. Hamma bilan xayrlashib, yo'lga otlandi. U samalyotga mingach, ko'z oldidan 7 sinfda o'qiydigan qizi Nigina, 6 - sinfda o'qiydigan o'g'li Behruz va kichkintoylari o'ta boshladi. "Bolajonlarimni qancha vaqt ko'rmas ekanman, qanday chidar ekanman ularsiz" deya hayolidan o'tkazdi.
Yetib bordi ular Maskvaga. Bir amallab ijaraga uy topishdi. Joylashishdi. Ish ham tayyor ekan. Xullas hammasi joy - joyida ketardi. Ammo xonadoshlari unga hech ham ma'qul emasdi. Biri pionista, biri xotinboz. Shunday bo'lsada ko'z yumdi hammasiga. Sabr va bardosh bilan yashayverdi. Maqsud aka uyiga bank orqali tez - tez pul yuborib turardi. Kimdur O'zbekistonga ketsa, ulardan shirinliklar, qiziga, o'g'liga telefon, turmush o'rtog'iga bejirim kiyimlar, kompyuter berib yuborardi. Bolajonlarini juda qumsardi. Sovuq jon - jonidan o'tib ketardi ba'zi vaqtlar. Lekin chidardi. "InshoOlloh farzandlarim ulg'aysa, rohatini ko'raman" deya orzu qilardi.
Farzandlari ham dadajonisini sog'inardi. 8 yoshli kichik erkatoyi Shoxruz kechalari yig'lab chiqardi. 10 yoshli qizi Gulsevar esa dadajonimni chaqiring deya harhasha qilardi. Nigina esa har kuni yig'lardi.
-Nega kelmayabdilar? Ozroq ishlab qaytaman degandiku.
-Qizim, senga qancha chiroyli kitoblar, ruchkalar, telefon yuboryapti. Raxmat deyish o'rniga yig'laysanmi?
-Unda qachon keladilar?
-Sen kollej talabasi bo'lganingdan so'ng.
-Nima? Hali unga 3 yil borku. Bitiruv oqshomimda kim boradi men bilan? Otasi yo'qga o'xshab o'tiramanmi?
-Nega unaqa deysan qizim? Bizchi?
-Dadajonimni o'rni boshqacha.
-Kollejni tamomlaganingdagi bitiruv oqshomingga qatnashadi, sabr qil qizim.
Shu kunlarning birida Nigina 7 - sinfni tamomladi. Hash - pash deguncha tug'ilgan kuni keldi. Tug'ilgan kuniga hamma keldi, ammo kimdur kam. Hamma narsa bor, biroq nimalardur yetishmaydi. Nimaligini anglolmasdi. Hamma yaqinlari yonida lekin yuragi bo'm - bo'shdek. Dadasi ham qo'ng'iroq qilmadi. Nahot bugun tug'ilgan kuni ekanligini unutgan bo'lsa? Bir chekkaga borib yig'layverdi Nigina. Buni ko'rgan onasi qizini oldiga borib, sababini so'radi.
-Oyi, nahot dadam meni unutgan bo'lsa?
-Unaqa dema qizim, charchagandur.
-Yo'q, meni dadam yomon ko'radi. -Nigina yana hungrab yig'lab yubordi.
So'ng onasi dadasiga SMS yozdi. "Assalomu alaykum, dadajonisi. Charchamasdan ishlab yuribsizmi? Sizni bezovta qilmoqchi emasdim, ammo Nigina qo'ng'irog'ingizni kutyapti".
Maqsud aka zavodda ishda edi. U endi tunlari ham ishlayotgandi. Shovqinda SMSning ovozini eshitmadi. Tungi soat 12:00 da ishlari tugagach, kvartirasiga qaytdi. Qarasa SMS. Smsni o'qigan Maqsud aka, Niginaning tug'ilgan kuni bugun ekani yodiga tushdi. "Ex, tunlari ham ishlayotgandima, ona qizimga kattaroq sovg'a yuboraman deb. Hammasi bekor endi. Surprez ham yo'qqa chiqdi. Endi uxlab qolgandur, O'zbekistonda soat 2dan oshdi hozir". U shuni o'ylab, uyiga qo'ng'iroq qildi. Nigina ko'tardi qo'ng'iroqni.
-Alo, Nigejonim. Senmisan qizim?
-Menga gapirmang! Odam ham o'z qizini tug'ilgan kunini unutadimi?
-Qizalog'im, sizlar har soniya yodimdasizku, qanday unutishim mumkun? Shunchaki, ish bilan chalg'ibman, kechiraqolgin!
Nigina dadasini tushundi. Ular biroz suhbatlashgach, xayrlashishdi. Tez kunda uyiga qaytishga vada berdi dadasi.
Mansur aka xonasida o'tirar ekan, bir xonadoshi xomush kirib keldi.
-Nima bo'ldi Ilhom, shashting past? Maoshingni berishmadimi?
-Yo'q, Mansur aka, qayg'uli xabar eshitdim.
-Nima? Qanaqa qayg'uli xabar, odamni yuragini siqmasdan gapirsangchi Ilhom!
-Sizni shahringizdan bir yigit vafot etibdi bugun.
-Nima? Vafot etibdi? Bu nima deganing? Kim, qanaqa qilib? -dovdirab qoldi Mansur aka.
-Ismi Alibek ekan. Ichkilik ichishib o'tirgan ekan, nimadandur gap qochib tortishib qolishibdi. Yonidagi sherigi 8 - 9 joyiga pichoq sanchibdi. Shu onni o'zida olamdan ko'z yumibdi.
-Alibek? Meni qo'shnim Alibekmi? -aqlini yo'qotdi Mansur aka.
-Bilmadim, sizni shahringizdan ekanini bildim xolos.
-Shoshma! O'tir, boshidan ayt qani.
-Aytdimku Mansur aka. Bilganlarim shu.
-Hozir qayerda u?
-Kasalxonada ekan.
-Men bir boray qani, balki adashgandursan. U juda yosh edi axir, oila ham qurmagan.
-Adashganim yo'q Mansur aka! Samarqandlik, ismi Alibek. O'lim yoshu - qariga qarab o'tirarmikan? Qismat haqiqat!
-Alibek kammikan Ilhom! Unaqa gapni aytma! Men ketdim, borib qarayin. "Yo Olloh, u bo'lmasin. Hasta onasining yuragi ko'tara olmaydi".
Mansur aka borguncha Ollohga iltijo qilib bordi. U boshqa bo'lsin deya. Ammo nima foyda. Olloh o'z omonatini allaqachon qaytarib olgandi.
Yetib borgach, uni yoniga ancha vaqt kiritishmadi. Ekspertiziya deydi, JQB xodimlari suratga olishyapti. Xullas bahona ko'p. Ancha kutdi. So'ng yoniga kirg'azishdi. Mansur aka beixtiyor "Ox" deya ingrab yubordi.
-Alibek, ukam...-turgan joyida tik qotdi. So'ng holsizgina tiz cho'kdi.
Hayot beshavqat. Insonni achhiq sinovlar oldida naqadar ojizligini biz yaxshi bilamiz. Murod aka Alibekni ko'rib, uni taniy olmadi. Yuzlariga ham pichoq sanchilgan. Ox, inson zoti shu qadar ham tuban ketadimi? Shu qadar vahshiylik inson bolasini qo'lidan kelsa nahot? Sho'rlikning ko'zlari hamon ochiq edi. Armon bilan ketdi, yosh umri hazon bo'ldi ichkilikning oqibatida. Ona yurtiga, qadrdon O'zbekistoniga bormaganiga 3 yildan oshgandi. Onalari kel deya chaqirishsa, "Yo'q, bormayman" deya qarshilk qilardi. Mana, qarshilik ham qilolmay qoldi endi. Onalari ham sababchidek bu sarsongarchilikka. Yoqtirmagan, bilmagan qiziga unashtirib qo'yishdi. Qiz unga maqul kela boshlagandi. Ammo oradan 2 oy o'tmasdanoq, qizning qorni qappaya boshladi. Sababini so'rasa, "Bizning parodamiz shunaqa, ahamiyat bermang" deydi. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Qizni xomiladorligi oshkor bo'ldi. Bola esa Alibekning o'rtog'i bo'lmish Nurbekning zurriyodi. Alibek bu isnotga dosh berolmadi. Tugunini tugib, xorijga ravona bo'ldi. Uch yildan buyon musofirlikning nonini yeb yurgandi. Attang, qishloqdoshi A'zam unga o'tmishini eslatib bekor qildi. "Landovur bo'lmaganingda, birovdan qolgan sarqitni o'zingga ravo ko'rarmiding?" Bu achchiq haqiqat Alibekni yigitlik g'ururini uyg'otdi. A'zamni haqoratli so'zlar bilan so'ka boshladi. A'zam esa fursatni boy bermasdan, pichoqni olib, to'g'ri kelgan joyiga sancha boshladi. Qorniga, boshiga, yuziga, oyoqlariga...Bu qadar vahshiylikka hayvon ham qodir emas.
Alibekning jasadi shu kuyi 12 kun o'likxonada saqlandi. Pul yig'ilmadi. Vatandoshlar pul berishdan ochiqchasiga bosh tortishdi. Axir bu kabi fojealar tez - tez takrorlanib tursa. Bu ketishda bor pullarini jon bergan yurtdoshlarining jasadlarini Vataniga qaytarishga ketishi tayin. Bir tomondan ular ham haq. Axir 4 - 5 so'm pul topay deb kelishgan bular ham.
13 - kun Murod aka belet uchun yig'ib qo'ygan pulini berdi va shu yerdagi bir tanish odamidan qarz oldida, Alibekni yurtiga qaytardi. Ey vox, u yoqdagi qiyomatni ko'rgan kishining ko'zlari ko'ru, quloqlari tom bitsin ekan. Onaizorning "bolam - bolam" deya ox urishiga bardosh berish uchun esa metindek bardosh, toshdek yurak kerak. Yo'q - yo'q, u nola, u yig'i, u dod voy toshnida eritadi. Onaizor bolasini bag'riga bosim, yuraklarni o'rtovchi so'zlar ila dodlaydi:
-Chimildiqlar ko'rmay ketgan bolajonim. Onangni o'ldirib ketdingku bolam! Mengina o'lsam bo'lmasmidi? Onang o'lsin bolam!
Kulmang bu faryodimga bag'ri butunlar,
Xolimni anglar faqat qalbi tutunlar,
Kimni kutayin endi bedor bu tunlar,
Axir bolam kuttirib, kuttirib ketdiku.
"Ona" deya chaqirardi muralab eshikdan,
Hamon hidlari ketmagan mana shu beshikdan.
Shu qo'llari ila yuzimni silardi,
Ayriliqqa dosh berolmam, buni bilardi,
Sen qolib, onang o'lsa nima bo'lardi?
Orzulari ko'kka uchgan sho'rlik bolama!
Bu uyning dushmanlari ham qon yig'ladi onaning faryodidan. Sho'rlik ona aqldan ozdi. Sochlari to'zg'ib, ko'chalarda sarson yurardi. Kimdur unga duch kelsa "Alibekjonimni ko'rmadingmi bolam? "Manti pishirib turing ona, men tezda kelaman, birgalashib yeymiz" degandi. Bolani ko'ngli dalada degani shudurda a?" deya savolga tutardi. Ba'zida esa yo'lda duch kelganni hassasi bilan savalay ketardi. "Hali senmisan meni bolamni shirin joniga qasd qiladigan. Mana senga mana". Exxx, bu onaning holiga qanday baho berasiz do'stim. FARZAND DOG'Ini hech kimni boshiga solmasin. Ollohimning rahmi kelsin ojiz bandasiga. Ona uzoq yashamadi ayriliqdan so'ng. Ko'p o'tmay vafot etdi. Hayhotdek uy qoldi huvillab. Chiroqlari o'chdi endi abadiyga. Umrlarni barbod qildi arzimagan ikr chikrlar.

***

Mansur aka qarzlariniqutulgancha ancha vaqt o'tdi. "Bolalarimni oldida ham yolg'onchi bo'ldim'" deya siqilardi. Ammo ko'p o'tmay, barchasi izga tushdi. U onajon yurtiga qaytdi.
Яндекс.Метрика