У нас есть только
оригинальные песни

Quyichirchiqda farzandlari hammomga joylashtirgan 87 yoshli qariya shifoxonaga yotqizildi

calendar 11.02.2018
2085

Prezident devonida tuzilgan ishchi guruhi Quyichirchiq tumanidagi o‘rganishlari chog‘ida Beruniy mahallasidagi xonadonlarning eski hammomida qarovsiz qoldirilgan qariyani aniqladi.

Mamadali Salyamov 1931-yilda tug‘ilgan, Oqqo‘rg‘on tumani, Hamid Olimjon qishlog‘ida doimiy ro‘yxatga olingan. Nafaqaga hujjatlar rasmiylashtirilmagan, aqli zaif, ko‘zi ko‘rmaydi. Sobiq ittifoq pasporti nusxasi mavjud.

O‘zini nazorat qilolmaganligi sababli tumanning Beruniy mahalla fuqarolar yig‘inidagi ikki farzandi oldiga yashash uchun kelgan. Biroq ular alohida uy-joyi bo‘lsa ham, otasini qaroviga olishdan bosh tortgan. Yana bir farzandi — qizi esa otasiga uyidagi eski hammomdan joy bergan.

Beruniy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K. Ergashev va mahalla posboni A. Jo‘rayev M. Salyamovning nafaqasini rasmiylashtirish bo‘yicha o‘g‘li bilan muntazam suhbatlashib, tushuntirish berib kelgan. Farzandlarning bu holatga befarq qaraganligi, uning o‘zi Oqqo‘rg‘on tumanida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi sababli mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan Oqqo‘rg‘on tumani pensiya jamg‘armasiga murojaat qilingan. Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan holat bo‘yicha M. Salyamovning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan farzandlariga berilgan maslahatlar natijasiz qolib ketgan.

Prezident devoni ishchi guruhi tomonidan shu kunning o‘zida M. Salyamov shifoxonaga yotqizilib, barcha zaruriy choralar ko‘rildi. Yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha mahalliy hokimlik vakillari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика