У нас есть только
оригинальные песни

Rafiqasining umriga zomin bo'lgan ichkilikboz er uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi

calendar 23.07.2016
1294

Soyibjon (ism-familiyalar o'zgartirilgan) tabiatan qo'rs va o'jar, qaysarligi tutganda onasi, akasi bilan gap talashib janjal chiqarar, spirtli ichimlik ichib olganida esa odam tanimay mushtlashardi. Aynan betga choparligi, o'jarligi tufayli biror joyda muqim ishlamadi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Kunlardan bir kun u uyga ichib keldi. Arzimas bohona topib xotini Mahbubaxonni duch kelgan joyiga uravyerdi. Qo'liga tushgan o'tin bilan boshiga soldi. Dod solib ko'chaga qochgan Mahbubaxonning ortidan quvdi. Еtib olgach, urib yiqitdi. Sochini changallab sudradi.

Bu voqealardan xabar topgan qo'shnisi Muxtorjon, akasi Sobirjon bilan hodisa joyiga etib kelishganida Mahbubaxon ko'chada yuz-ko'zlari qonga belangan, behush yotardi. Qo'shnilaridan birining mashinasida kasalxonaga olib ketishdi. Ayol shifoxonaga etib bormadi, yo'lda joni uzildi.
Turmush o'rtog'ining hayotiga zomin bo'lgan S.Ahmedov sud hukmi bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Яндекс.Метрика