Rahbarni manipulyasiya qilishning 5 yo‘li

Korxonalarning rahbarlari turlicha bo‘ladi. Biri tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, xodimlarga barcha sharoitlarni yaratib, tajribasi va lavozimi oshishiga imkon bersa, boshqasi xodimni bir necha yil bitta lavozimda ushlab turib, uning ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. Yana biri xodimlarning tajriba oshirishiga ruxsat bermay, ma’lum qolipda ishlashga undaydi. Bunday rahbarlarning ham ko‘nglini topuvchi, ularning qolipini buzib, kareraning yuqori cho‘qqisiga ko‘tariluvchi xodimlar ham bor. Bu borada sizga bir nechta maslahat beramiz.

Majlisni qo‘lga olish

Agar majlisda siz uchun foydali qaror qabul qilinishini istasangiz, unga ehtiyotkorlik bilan tayyorlanishingiz kerak bo‘ladi. Yig‘ilishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan hamkasblaringizga taklifingizning barcha afzalliklarini tushuntiring. Ularni qiziqtira olsangiz, hamkasblaringiz sizni qo‘llab-quvvatlaydi va rahbaringiz sizga to‘sqinlik qila olmaydi.

Tanlov illyuziyasi

Rahbar uchun mustaqil qaror qabul qilish juda muhim. U xodimlaridan qiziqarli takliflar, ijobiy yechimlar kutadi. Rahbarni sizga yoquvchi variantni tanlashga qanday majburlash mumkin?

  • Bir necha hayotiy ssenariylar tayyorlang. Ularning har biri ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
  • Takliflarning ikkitasi rahbarga unchalik qiziq bo‘lmaydigan ko‘rinishda bo‘lsin. Uchinchisi esa qiziq va tashkilot uchun foyda keltiradigan darajada bo‘lsin.
  • Rahbar buning uchun sizga minnatdorchilik bildiradi va oxiri siz istagan taklifni tanlaydi.

Eng muhimi — ishingiz ko‘pligiga ishontirish

Sizning maqsadingiz ko‘p mehnat talab qiladigan, muammoli topshiriqlardan qochish. Buning uchun nima qilish kerak? Qog‘oz, noutbuk, hujjatlar doim siz bilan birga bo‘lsin. Ishi ko‘p va ularga ulgurmayotgan odam qiyofasiga kiring. Bir soniya ham bo‘sh vaqtingiz borligini ko‘rsatmang. «Ishlar qanday?» degan savolga «Ish juda ko‘p» deb javob bering. Shunda rahbaringiz boyagiday topshiriqlarni sizga emas, boshqalarga beradi.

Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish

Noqulay vaqtda, tomdan tarasha tushganday yetkazilgan ma’lumotlar rahbarlarning tinchini buzishi mumkin. Agar siz rahbarning xato qilishidan manfaatdor bo‘lsangiz, unga yig‘ilish oldidan muhim bir «yangilik» ayting. Masalan, uning so‘nggi ishi yuqoridagilarga yoqmaganini aytishingiz mumkin. Shundan so‘ng do‘stona maslahat ohangida u aslida yaxshi rahbarligini, endi bir o‘zini ko‘rsatishi kerakligini aytasiz. Natijada rahbar asabiylashadi va xato qila boshlaydi. Yodda tuting, oxiri o‘zingiz aybdor bo‘lmasligingiz uchun bunday «yangilik»lar har tomonlama o‘ylangan bo‘lishi kerak.

«Yashirilgan» ma’lumot

Agar hisobotda biror ma’lumotni rahbardan yashirishni istasangiz, uni bir necha o‘nlab sahifalar ichiga yashiring. Uning asosiy qismi fikrlaringiz, tahlil va tadqiqotlar bilan to‘ldirilsin. Yashirish kerak bo‘lgan ma’lumotlarga esa so‘nggi sahifalardan o‘rin olsin. Rahbar birinchi sahifani o‘qib, sizning g‘oyalaringizni qabul qiladi va hisobotni oxirigacha o‘qimaydi. Biroq ba’zan oxirigacha o‘qishi mumkin. Shu bois bunga ham tayyor turing. O‘zingizni xotirjam tuting.

Mazkur usullardan unumli foydalanish orqali siz rahbarni manipulyasiya qila olasiz va ko‘pgina ijobiy natijalarga erishasiz. Biroq undan to‘g‘ri maqsadda va zarur vaqtdagina foydalangan ma’qul.


Комментарии (0) | Добавить: 28.02.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi