У нас есть только
оригинальные песни

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi

calendar 01.05.2018
898

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. O‘zbekistondagi eng qadimiy va yirik jome masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl hosil qilgan. Ularning me’moriy yechimi ajdodlar madaniyati va san’atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Sayilgoh ko‘chasi, Toqi zargaron majmuasida namoyish etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik an’analarini aks ettirdi. Folklor jamoalarning chiqishlari kishiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, o‘zbek xalqining milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Яндекс.Метрика