У нас есть только
оригинальные песни

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rasman kutib olindi

calendar 30.04.2018
1062

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kecha, 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi.

Bugun, 30 aprel kuni Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat madhiyalari yangradi. So‘ngra Prezidentlar hukumat a’zolari, diplomatik korpus vakillari bilan tanishdilar.

Quyida ushbu reportajni ko‘rishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tashrif doirasida Toshkent shahrida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llari, ikki tomonlama munosabatlarning yangi istiqbollarini belgilash va rivojlantirishni muhokama qilish rejalashtirilgan. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik, jumladan, global va mintaqaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqadi. Prezidentlar O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari rahbarlarining qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan Turkiya delegatsiyasining Buxoro shahrida bo‘lishi ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston – Turkiya muzokaralari yakunida Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va uni jadal rivojlantirish masalalari aks etgan Qo‘shma bayonotni imzolashi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo turli sohalarga oid salmoqli hujjatlar to‘plami hamda qator investitsiya kelishuvlari imzolanishi kutilmoqda.

 

Яндекс.Метрика