У нас есть только
оригинальные песни

Ramazon hayiti kuni rasman ma`lum qilindi

calendar 11.06.2018
2842

O'zbekistonda Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bayrami 15 iyun, juma kuni nishonlanadi. Bugun, 11 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida»gi qarorini imzolagan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi «Kun.uz»ga ma`lumot berishicha, 10 iyun kuni Ramazon hayiti kunini belgilash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari diniy idoralari fatvo bo'limi rahbarlari (O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi, O'zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiylari, islomshunos va dinshunos olimlar, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tgan va yakunda astronom olimlarning oy to'lishi bilan bog'liq xulosalari o'rganib chiqilib, bu muddat 29 kunni tashkil etayotgani tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga tavsiya taqdim etilgan.

«Xalqimiz ma`naviy hayoti, milliy qadriyat va an`analarimizning ajralmas bir qismi bo'lgan, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini yaqqol ifoda etadigan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda o'zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat va shukronalik tuyg'ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida:

1. O'zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga to'g'ri kelishi haqidagi qabul qilgan qarorini inobatga olib, hamda O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida»gi PF–5290-sonli farmoniga muvofiq 2018 yil 15-17 iyun kunlari - Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlansin», deyilgan hujjat matnida.

Яндекс.Метрика