У нас есть только
оригинальные песни

Ramazon hayitini 18-iyul kuni nishonlash haqida qaror qabul qilindi

calendar 15.07.2015
1842

2015-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi. Qaror haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lum qildi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: Ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat ayyomi bo‘lmish muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2015-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 18-iyul shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2015-yil 18-iyul dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. 

2. Respublika "Nuroniy”, "Mahalla” jamg‘armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Яндекс.Метрика