У нас есть только
оригинальные песни

Ramzan Qodirov: Checheniston 10 yil davomida vayronalardan tiklandi

calendar 08.12.2017
986

Checheniston 10 yil davomida vayronalardan tiklandi. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.

“Biz xalqaro terrorizm guruhlarini tor-mor etdik. Vayron bo‘lgan respublikani 10 yil mobaynida tikladik. Bu vaqt davomida ishsizlik darajasi 76 foizdan 9 foizgacha pasaydi, budjet hajmi ko‘p karra o‘sdi”, — dedi Qodirov.

Checheniston rahbari respublika oldida katta vazifalar turganini ta’kidladi. Jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes, turizm hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarini yangi darajaga olib chiqish talab etiladi.

Яндекс.Метрика