У нас есть только
оригинальные песни

Ramzan Qodirov «Telegram» bloklanishiga munosabatini bildirdi

calendar 08.04.2018
1458

Kecha, 7-aprel kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining «Telegram»dagi kanalida «Roskomnadzor»ning Rossiya hududida «Telegram» faoliyatini cheklash bo‘yicha qarorini izohladi.

Uning fikriga ko‘ra, mazkur messenjer foydalanish uchun juda qulay, ammo davlat manfaatlari undan-da muhimroq. Qodirov butunlay cheklov qo‘yish tarafdori emasligini bildirgan. «Umid qilaman, «Roskomnadzor» va «Telegram» har ikkala tomon uchun ham maqbul, qonun va foydalanuvchilar manfaatiga mos yechimni topishadi», — deya uning so‘zlarini keltirmoqda«Lenta.ru».

6 aprel kuni «Roskomnadzor» «Telegram» faoliyatini cheklash masalasida Taganskiy tumani sudiga murojaat qilgandi.

Яндекс.Метрика