У нас есть только
оригинальные песни

Ramzon Qodirov: AQSh Eronga halokatli yordam tayyorlab qo'ygan

calendar 05.01.2018
1111

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh prezidenti Donald Trampning Erondagi faollarga qo'llab-quvvatlov taqdim etishga tayyorligi haqidagi bayonotiga izoh berarkan, Vashington Tehronga «halokatli yordam» tayyorlab qo'yganini ta`kidlab o'tdi. Bu haqda Qodirov tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Donald Tramp AQSh Erondagi norozilik namoyishlari ishtirokchilariga ancha jiddiy qo'llab-quvvatlov taqdim etish niyatida ekanini ma`lum qildi, u bu kerakli vaqtda ro'y berishini aytdi. Avvalroq xuddi shunday yordam Liviya, Suriya, Iroq, Afg'oniston, Serbiya, Vetnam va boshqa mamlakatlar xalqlariga berilgandi. Eronga halokatli yordam tayyorlanmoqda», - deya ma`lum qildi Qodirov.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Tramp Erondagi norozilik aksiyalari qatnashchilariga «katta yordam» va`da qilgani xabar berilgandi.

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика