У нас есть только
оригинальные песни

Ramzon Qodirov IShID etakchilaridan biri ash-Shishaniyning qo'lga olinganiga ishonmayapti

calendar 29.12.2015
1731

                 

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, u AQSh maxsus kuchlari tomonidan IShID etakchilaridan biri Abu Umar ash-Shishaniyning qo'lga olingani haqidagi xabarga ishonmasligini bildirdi.

"Biz ham bundan ancha avvalroq uni o'ldirganmiz, deb ishongandik. Mening odamlarim uning jasadi tepasida turib, uni suratga olishgan va suratlarni jo'natishgandi. U esa ko'p o'tmasdan tirik holda paydo bo'ldi. Endi uning qo'lga olingani haqidagina aytishmoqda. Bunga ishona olmaymiz", deydi u.

Qodirovning qayd etishicha, uning Shishaniy bilan o'ziga xos "hisob-kitobi" bor.

"U qo'lga olingan-olinmaganidan qat'i nazar uning taqdiri ayanchli bo'ladi", deydi Qodirov.

Bundan oldinroq, AQSh maxsus kuchlari Iroqda IShIDning etakchilaridan biri ash-Shishaniyni ushlagani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.

Яндекс.Метрика