У нас есть только
оригинальные песни

Ranaldu "Real"dan ketishi mumkin

calendar 15.02.2015
6519

Bundan bir necha oy oldin "Real” Ronalduning sotilishi haqidagi barcha mish-mishlarni qat'iy rad etgan edi. El Confidencial nashri klubdagi manbadan olingan xabarga tayangan holda ma'lum qilishicha, madridliklar prezidenti Florentino Peres futbolchi uchun munosib xaridor topilsa uni sotish masalasi ko'rib chiqilishi mumkinligini aytgan. Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Real”ga "Manchester Yunayted” dan 2009 yili - o'sha paytdagi rekord summa 80 million funt sterlingga xarid qilingandi. U madridliklar safida, Ispaniya chempionligini, ikki bora Ispaniya Kubogini, Chempionlar Ligasi sovrini, Ispaniya va Yevropa Superkubogi, ikki bora "Oltin to'p” mukofotini qo'lga kiritgan (bir marta "MYu” tarkibida).
Яндекс.Метрика