У нас есть только
оригинальные песни

Raneri: Muxlislarimiz shirin uyquda "Lester"ning chempionligini ko'rishmoqda. Ularni uyg'otmoqchimasman

calendar 23.12.2015
1010

"Lester" jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o'z shogirdlarining Angliya premer-ligasini yutish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Bunday muxlislarimiz bilan faxrlansa arziydi. Ular uyqularida "Lester"ning chempionlikka erishganini ko'rishmoqda. Ularni uyg'otib yuborishni istamayman.

Biz erkin o'ynashda davom etishimiz, o'z o'yinimizdan rohatlanishda davom etishimiz va ortiqcha bosimni his qilmasdan davom etishimiz kerak. Agar butun dunyo siz haqingizda gapirayotgan bo'lsa, siz bundan xursand bo'lishingiz va o'ynashda davom etishingiz kerak", degan Raneri.

Ma'lumot uchun, "Lester" APLning 17 turidan keyin 38 ochko ishlagan holda, ikkinchi o'rindagi "Arsenal" jamoasini 2 ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Holbuki, jamoa 2014 yilning dekabr oyi oxirida APL turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turgandi.

Яндекс.Метрика