У нас есть только
оригинальные песни

Rasman. Endi Si Jinping Xitoyni umrbod boshqarishi mumkin

calendar 11.03.2018
1085

Xitoyning oliy qonunchilik organi (Butunxitoy xalq vakillari yig'ini) sessiyasida deputatlar mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishni tasdiqlashdi. Asosiy qomusdan XXR raisi va uning o'rinbosari lavozimi muddati bo'yicha cheklov haqidagi band olib tashlandi.

Deputatlarning deyarli barchasi cheklovning bekor qilinishi uchun ovoz berishgan. Faqat ikki nafar deputat qarshi bo'lgan, uch kishi betaraf qolgan, bir byulleten haqiqiy deb topilmagan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani jami 2858 kishi ma`qullagan.

Xitoy Xalq respublikasining hozirgi rahbari Si Jinping mamlakatni 2013 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Yangi Konstitutsiyaga ko'ra, u 2023 yilda ham qayta saylanishi mumkin bo'ladi.

Odatda rais ikkinchi muddatda boshqaruvga kirishishidan oldin siyosiy byuroning tarkibiga XXR raisining bo'lg'usi o'rinbosari ham kiritilar edi. Ammo 2017 yil oktabrida o'tkazilgan kompartiya s`yezdida bunday bo'lmagandi.

Xitoyda davlat rahbari uchun faqat ikki muddatli tartib 1982 yilda amalga kiritilgandi. O'shanda islohotchi Den Syaopin Mao Tszedun bilan bo'lgan tarix takrorlanmasligi uchun shunday cheklov joriy qilgandi. Mao hokimiyat tepasida umrining oxirigacha turgandi.

Яндекс.Метрика