У нас есть только
оригинальные песни

Rassiya TIV: Ukraina aslida o'z mustaqilligini yo'qotib bo'lgan

calendar 03.05.2018
987

Ukraina AQSh boshchiligidagi qator G'arb davlatlari tomonidan qo'zg'atilgan ichki inqiroz sabab o'z mustaqilligi va milliy iqtisodiyotini deyarli yo'qotib bo'ldi. RF TIV rahbari Sergey Lavrov Italiyaning Panorma jurnaliga bergan intervyusida shu haqida ma`lum qildi

"Kiyev ko'p yillar davomida hamkorlikni Sharqda yoki G'arbda rivojlantirish o'rtasida - "biz bilan yoki bizga qarshi" soxta tanlovni amalga oshirishga urindi. Bu oxir-oqibat hech qachon mustahkamligi bilan ajralib turmagan  Ukraina davlati kollapsiga olib keldi. Bugunga kelib esa natija - mustaqillikni yo'qotish, odamlarning azoblanishi, mamlakat xalq xo'jaligining qulashi, holbuki Ukraina xalq xo'jaligi Yevropadagi eng barqaror va iqtisodiy jihatdan mustahkam xo'jaliklardan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi", - deydi u.

Rossiya vaziri Ukrainada ichki siyosiy inqirozda butun dunyoni o'z ta`sir doirasi sohasi hisoblovchi, xalqlarni "o'ziniki" va "begona"ga ajratuvchi AQSh boshchiligidagi G'arb davlatlari guruhi aybdor ekanini ta`kidladi.

Lavrov shuningdek Ukrainaning o'sha davrdagi prezidenti Viktor Yanukovichni namoyishchilarga qarshi armiyani ishga solmaslikka chaqirgan, davlat to'ntaruvidan keyin esa hukumatni noqonuniy egallab olgan isyonchilarni ularni qo'llab-quvvatlamagan mintaqalarga nisbatan kuch ishlatishga chorlagan NATO bloki liniyasining keskin o'zgarishiga e`tibor qaratdi.

"Bu syujyetda G'arb liniyasida Ukraina manfaatini o'ylovchi hech narsa yo'q, barchasi - Rossiyaga qarshi harakatlar", - deydi Lavrov. 

Яндекс.Метрика