У нас есть только
оригинальные песни

Raul «Real» tarixidagi eng yaxshi 5 futbolchini sanadi

calendar 10.02.2017
2232

«Real»ning sobiq hujumchisi Raul Gonsales Meksika televideniyesi efirida «Qirollik klubi» tarixidagi eng yaxshi 5 nafar futbolchi nomilarini aytib o'tdi.

Raulning Alfredo Di Stefano, Fransisko Xento, Zaynidin Zidan, Krishtianu Ronaldu hamda Serxio Ramosni «orzular jamoasi»ga kiritgan.

«Tanlash juda qiyin bo'ldi, chunki taklif qilingan barcha futbolchilar «Real» tarixidagi buyuk o'yinchilar bo'lishgan», degan u.

Raul «Real» tarbiyalanuvchisi bo'lib, jamoa safida 1994 yildan 2010 yilgacha o'ynagan va jamoa afsonalaridan biriga aylangan. U klub safida 550 o'yin o'tkazib, 228 gol urgan. Futbolchi faoliyatini 2015 yilda yakunladi.

Яндекс.Метрика